Darslar va kurslar
Darsdagi xato haqida xabar berish yoki fikr-mulohaza yuborish
Darsdagi yoki mashqdagi xato haqida oʻquv dasturi jamoamizga xabar bering yoki darsni baholang.
Har bir xabar oʻquv dasturi jamoamizga yetib boradi. Qancha batafsil yozsangiz, shuncha tez tuzatamiz.
Darsda yuqori oʻng burchakdagi Submit Feedback tugmasini (yulduzcha belgisi) bosing.

Subject (mavzu) qoʻshing va muammoni Message maydonida tasvirlang. Darsni baholashingiz ham mumkin. Submit tugmasini bosing.

Nimalarni yozish kerak
- Mashq yoki savol raqami, agar boʻlsa, band harfi ham.
- Nima notoʻgʻri va, agar bilsangiz, qanday boʻlishi kerak.
- Audio yoki video uchun muammo yozuvning taxminan qaysi joyida ekani.
Agar darsni maktabingizning oʻzi yaratgan boʻlsa, maktabingizga murojaat qiling. Maktab yaratgan materiallarni faqat maktabning oʻzi tahrirlay oladi.